Biz biznesni qog'oz va daftardan chiqaramiz. Do'kon, restoran va ombor uchun — Qubix. Umra firmalari uchun esa Sarbon tayyorlanmoqda.
Restoranga kerak narsa do'konga keraksiz. Shuning uchun har soha uchun alohida tizim yozamiz — universal, lekin hech kimga to'g'ri kelmaydigan dastur emas.
Do'kon, restoran va omborlar uchun kassa (POS) va boshqaruv tizimi. Savdo, ombor, nasiya va hisobot — bir joyda, Telegram orqali nazorat bilan.
Dastur ichini ko'rishUmra firmalari uchun maxsus tizim: ziyoratchilar, guruhlar va reyslar, bo'lib to'lash va har guruh bo'yicha hisob-kitob.
Rejadagilar bilan tanishishOziq-ovqat, xo'jalik mollari, kiyim — tez kassa kerak bo'ladigan joylar.
Stol bilan ishlaydigan, oshxonasi bor obyektlar.
Kirim-chiqim va qarz eng muhim bo'lgan joylar.
Reklama rasmi emas — dasturning o'zidagi ekranlar. Rejimni tanlang va ko'ring.
Chek #1043 · 3 xil tovar · Kassir: Dilshod
To'lov oynasi kassirning eng ko'p ishlatadigan joyi. Shuning uchun bu yerda hech narsa yashirin emas — hamma narsa bitta ekranda.
Navbatchi: Aziz · Ochiq hisoblar: 3
Restoran rejimi butunlay boshqa dizaynda: yorug', yirik tugmali, sensorli ekranga moslangan.
Qancha sotildi, qancha foyda, kim qancha qarzdor, nima tugayapti — hammasi bitta ekranda.
Telegram allaqachon telefoningizda. Qubix o'sha yerda ishlaydi: alohida ilova o'rnatish, ro'yxatdan o'tish shart emas.
Do'kon turi qanday bo'lishidan qat'i nazar, quyidagilar ishlaydi.
Bot va Mini App: bugungi tushum, naqd/karta/nasiya taqsimoti, TOP tovarlar, qarzdorlar ro'yxati va ulardan to'lov qabul qilish — do'konga bormasdan, telefondan.
Buyurtmani Telegramdan kiritasiz — kassada darrov chiqadi. Kuryer cheki, yo'lkira va "kunlik kassaga qo'shilsinmi" belgisi bilan.
Baza har 6 soatda avtomatik zaxiralanadi, kuniga bir marta nusxasi Telegramga yuboriladi. Kompyuter buzilsa ham savdo tarixi qoladi.
Termal chek printeri, oshxona/bar printerlari, shtrix-kod skaneri va tarozi yorliqlari — sozlab beriladi.
Admin, kassir, omborchi, ofitsiant — har kim faqat o'ziga tegishlisini ko'radi. Android ilova ofitsiant va omborchi telefoniga o'rnatiladi.
Filiallaringiz bo'lsa — har biri o'z bazasi bilan ishlaydi, ma'lumotlar aralashmaydi, siz hammasini bitta joydan ko'rasiz.
Yo'q. Qubix do'kondagi kompyuterning o'z bazasida ishlaydi — kassa internetsiz ham sotaveradi, chek ham chiqadi. Internet qaytganda o'zgarishlar bulut bilan o'zi tenglashadi va Telegramga xabar yana kela boshlaydi. Ya'ni provayder muammosi sizning savdongizga aylanmaydi.
Savdo kompyuterning o'zida yoziladi
Bulut bilan o'zi tenglashadi
Zaxira nusxasi sizning chatingizda
Savol chiqsa — bir qo'ng'iroq
Ziyoratchilar bilan ishlash do'kon savdosiga o'xshamaydi: bu yerda guruhlar, reyslar, bo'lib-bo'lib to'lovlar va hujjatlar bor. Shuning uchun Qubix'ga qo'shimcha emas, alohida tizim tayyorlanmoqda. Qiziqsangiz — hoziroq yozing, tayyor bo'lganda birinchilardan bo'lib sinab ko'rasiz.
Odatda bir kunda ishga tushadi.
Do'koningiz turi va hozirgi ishlash tartibingizni so'raymiz, imkoniyatlarni ko'rsatamiz.
Dastur kompyuterga o'rnatiladi, printer va skaner ulanadi, tovarlaringiz bazaga kiritiladi.
Kassir va omborchi ishlashni o'rganadi, siz Telegramdan kuzatishni.
Savol chiqsa — bog'lanasiz. Yangilanishlar va sozlashlar davom etadi.
Qaysi yo'nalish qiziqtirayotganini yozib qoldiring — do'koningiz uchun Qubixni ko'rsatamiz va narxini aytamiz, umra firmasi bo'lsangiz Sarbon ro'yxatiga qo'shamiz.